VIKO

VIKO (Vico) Jambattista (1668.23.6-Neapol —1744.23.1) — italiyalik faylasuf. 1698-y. dan Neapol untida prof. Xalqlar tarixi va psixologiyasi falsafasi asoschisi. Platon va F. Bekonga alohida ixlos bilan qaragan. Dekart bilan bahs-munozaraga kirishib, shaxs zakovatiga umuminsoniy aqlni qaramaqarshi qoʻygan. Tarixiy jarayon obyektiv tarzda kechishi gʻoyasini ilgari surgan. Biz faqat qilayotgan ish-larimiznigina bilishimiz mumkin, degan fikrdan kelib chiqib, tarix fanini insoniyatning oʻz xatti-harakatlari toʻgʻrisidagi bilimi deb hisoblagan. Viko barcha millatlarning aylanma harakat yoʻsinida taraqqiy etishi nazariyasini ishlab chiqqan. Har bir xalq oʻz taraqqiyotida 3 davr — xudolar (davlat boʻlmagan holat, kohinlarga boʻysunish), qahramonlar (aristokratik davlat) va insoniyat (demokratik respublika yoki vakolatli monarxiya) davrini boshidan kechiradi; bu bamisoli inson hayotining bolalik, oʻspirinlik va yetuklik davrlariga oʻxshaydi. Har bir davr jamiyatning yalpi tanazzuli va parchalanib ketishi bilan tugaydi. Davrlar ijtimoiy toʻntarishlar natijasida almashinadi. Asosiy asari: «Millatlarning umumiy tabiati haqidagi yangi fanning asoslari» (1725).


Lotin alifbosida maqola: VIKO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
TARIX
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
FALSAFA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты