TROLLEYBUS

TROLLEYBUS (ing. troley — kontakt simi va bus — avtobus) — kontakt tarmogi (koʻchalarga tortilgan sim) dan 2 «shoxi» (dugasi) orqali tok bilan taʼminlanadigan relssiz shahar elektr transporti. Trolleybus yaratish va undan foydalanish ishlari 19-a. 80-y. larida Germaniyada olib borilgan. Trolleybusni ishlab chiqishda kontakt tarmogʻidan tok olish masalasi ancha qiyin boʻlgan. Trolleybus dastlab 20-a. 30-y. larida Yevropa mamlakatlarida qatnay boshlagan. Toshkentda Trolleybus qatnovi Trolleybus vokzali — Eski joʻva marshruti boʻyicha 1947-y. boshlangan. Manyovrchanligi, shovqinsizligi va relssiz harakatlanishi Trolleybusning tramvaydan afzalligi, kontakt osmasining murakkabligi kamchiligidir. Arzon elektr energiyadan foydalanishi, gaz chiqarmasligi, ishlatishning oddiyligi va ishonchliligi bilan avtobusdan ustun turadi. Trolleybus dvigatelining kuvvati 120 kVt, kontakt tarmogʻidagi kuchlanishi 500—600 V.

Koʻpchilik Trolleybus 2 oʻkli, 2 yoki 3 eshikli qilib ishlab chiqariladi. Katta shaharlarda koʻp oʻkli Trolleybusdan foydalaniladi. Trolleybusning tezligi 65—70 km/soat, oʻrtacha 50—70 kishi sigadi. Asosiy elektr jihozlari: oʻzgarmas tok elektr dvigateli, ventilyator, kompressor va past kuchlanishli asboblar, yoritish hamda signal apparaturalarini taʼminlovchi generatorlarni aylantiradigan yordamchi elektr dvigatellar. Mexanik qismlari: transmissiya, yurish qismi, boshqarish organlari. Transmissiya kardanli uzatma va differensial uzatmadan iborat. Yurish qismi (ressora osmasi, gʻildirak gupchaklari va b.) koʻp oʻrinli avtobus va ogʻir yuk mashinalarinikiga oʻxshash. Oyoq tormozi — pnevmatik, qoʻl tormozi — mexanik. Rul boshqarmasi mexanizmlari avtomobillarnikiga oʻxshash. Trolleybusdan shaharlararo marshrut larda ham foydalanish mumkin.

Oʻzbekistonda T. Olmaliq, Samarqand, Toshkent, Toʻraqoʻrgʻon, Fargʻona sh. larida va Urganch — Xiva yoʻnalishida qatnaydi. Toshkent sh. da 15 ta Trolleybus marshruta bor (2004).


Lotin alifbosida maqola: TROLLEYBUS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
GERMANIYA
XITOY
ROSSIYA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты