VILLARI EFFEKTI

VILLARI EFFEKTI — mexanik deformaiiyalar (choʻzilish, buralish, egilish va b.)ning ferromagnetiklar magnitlanuvchanligiga taʼsiri. Italyan fizigi E. Villari (Ye. Villari, 1836 — 1904) ochgan (1865). Magnitlanganda oʻlchamlari qisqaradigan ferromagnetiklar (mas., nikel) choʻzilganda magnitlanganligini kamaytiradi. Bu hodisa teskari (manfiy) Villari effekti deb ataladi. Aksincha, magnitlanganda oʻlchamlari uzayadigan ferromagnetiklar (mas., tarkibida 65% nikel boʻlgan temir-nikel qotishmasidan yasalgan sterjen) choʻzilganda magnitlanganligini koʻpaytiradi. Bu hodisa toʻgʻri (musbat) Villari effekti deb ataladi. Aytib oʻtilgan materiallar siqilganda Villari effekti ishorasi teskarisiga oʻzgaradi. Villari effekti yuz berishiga sabab ferromagnetiklarga mexanik kuch taʼsir ettirilganda ularning strukturasi oʻzgarishidir. Villari effekti texnikada muayyan magnit xossalariga ega boʻlgan materiallar yaratishda keng qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: VILLARI EFFEKTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
ELEKTR
MAGNETIZM
YER MAGNETIZMI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты