VILLEMIT

VILLEMIT (Niderlandiya qiroli Vilgelm I nomidan) — orolsimon silikatlar kenja sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi Zn2 (Si O4). Koʻshimchalari Mn, Ca, Mq. Singoniyasi trigonal. Rangsiz, yashilsimon yoki sargʻish-qoʻngʻir. Ultrabinafsha va katod nurlarida lyuminessensiyalanadi. Yaltirashi shishasimon, yogʻsimon, smolasimon. Prizmatik va baʼzan ignasimon kristallar. Odatda, donador yoki radial shuʼlasimon agregatlar. Kattikligi 5—6. S. ogʻ. 3,8—4. Koʻrgʻoshin-ruxli konlarning oksidlanish zonasida, shuningdek baʼzi bir kontakt-metasomatik konlarda hosil boʻladi. Rux olinadigan ruda. Rangi tiniq turlari qimmatbaho tosh hisoblanadi. AQSH, Zambiya, RF (Sharqiy Zabaykalye, Primorye), Ukrainada, Oʻrta Osiyoda, jumladan Oʻzbekistonda (Qurama tizmalarida), Qirgʻizistonda (Kumushtov) topilgan.


Lotin alifbosida maqola: VILLEMIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MINERAL
UKRAINA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
ZAMBIYA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты