TROPIZM

TROPIZM (yun. tropos — burilish, yoʻnalish) — fizik, kimyoviy va b. qoʻzgʻatuvchilarning bir yoklama taʼsirida oʻsimlik aʼzolarining burilib oʻsishi. Tropizm qoʻzgʻatuvchilarning taʼsiriga karab fototropizm (bir tomonlama yoritilishi tufayli), geotropizm (Yerning tortish kuchi taʼsirida), gidrotropizm (tuproq namlanishining yoki havo muhitining har xilligi tufayli) va b. ga boʻlinadi. Tropizmni keltirib chiqargan taʼsirot yoʻqotilganda oʻsimlik ilgarigi holatiga qaytishga harakat qiladi (q. Avtotropizm). Oʻsimlik taʼsirot tomonga burilib oʻssa — musbat, uning aksi boʻlsa — manfiy Tropizm deyiladi.


Lotin alifbosida maqola: TROPIZM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
FOTOTROPIZM
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
GEOTROPIZM
TUPROQ


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты