TROPIK KASALLIKLAR

TROPIK KASALLIKLAR, issiq mamlakatlar kasalliklari — asosan, tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan har xil kasalliklar guruhi. Bu kasalliklarga infeksion (yuqumli) va parazitar kasalliklar (asosan, Transmissiv kasalliklar), virusli (mas., sariq isitma), bakteriyali (mas., melioidoz), zamburugʻli (mas., koksidiomikoz), sodda hayvonlar qoʻzgʻatadigan bezgak, leyshmanioz, uyqu kasalligi va b. ; gelmintozlar (shistosomatoz, filyariatoz) kiradi. Tropik kasalliklarga issiq iqlim taʼsiri (mas., dermatitlar), ovqat tarkibida oqsil va vitaminlar yetishmasligidan kelib chiqadigan kasalliklar (mas., kvashiorkor, beriberi va b.), shuningdek, zaharli ilonlar, baliklar, oʻrgimchaklardan zaharlanishlar kiradi.


Lotin alifbosida maqola: TROPIK KASALLIKLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TIBBIYOT
INFEKSION KASALLIKLAR
DERMATITLAR
BEZGAK
VIRUSLI KASALLIKLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты