TROPIK MINTAQALAR

TROPIK MINTAQALAR — Shim. va Jan. yarim sharlarda subtropik va subekvatorial mintaqalar oraligʻida joylashgan 2 geografik mintaqa. T. p. ning materik qismi uchun choʻl va chala choʻl landshafti, okeanlarga esa suvning shoʻrligi (37%o) va yuqori trasi xos. Tropik mintaqalarda quyosh nurlari tik tushgani va bulutning kam boʻlganidan quyosh radiatsiyasi koʻp. Natijada harorat yil boʻyi yuqori boʻladi. Eng issiq oyning oʻrtacha trasi quruqliklarda 30—35°, eng sovuq oyniki 10° dan pastga tushmaydi. Yillik yogʻin 50—200 mm (faqat sharqiy okean boʻyi mussonli zonasida 1000—2000 mm gacha). Materiklarda Tropik mintaqalarning quyidagi sektorlari: sernam oʻrmon landshaftli sharqiy okeanboʻyi, siyrak oʻrmon va butazorlardan iborat sharqiy oʻtish, choʻl va chala choʻl landshafti ustun boʻlgan materik ichkarisidagi va gʻarbiy okeanboʻyi sektorlari farq qilinadi. Sharqdan gʻarbga borgan sari oʻsimliklar dunyosi ham oʻzgarib boradi: aralash (doim yashil va barg toʻkuvchi) oʻrmonlar, mussonli oʻrmonlar (q. Tropik oʻrmonlar), siyrak oʻrmon va savannalar, quruq oʻrmon va kserofil butalar, chala choʻl va choʻl oʻsimliklariga oʻtib boradi. Muvofiq ravishda faunasi ham oʻzgaradi. Okean va dengiz suvlarida bugʻlanish koʻp boʻlganligi sababli kislorod va planktonlar siyrak. Tropik mintaqalar dagi koʻpchilik yerlar xoʻjalik jihatidan kam oʻzlashtirilgan, aholi siyrak.


Lotin alifbosida maqola: TROPIK MINTAQALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
SHIMOLIY AMERIKA
XITOY
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты