TROPIK OʻSIMLIKLAR

TROPIK OʻSIMLIKLAR — Yer sharining tropik mintaqalarida oʻsadigan oʻsimliklar. Tropik mintaqada qoʻngʻirboshlar, dukkakdoshlar, zigʻirdoshlar, sutlamadoshlar, soyabondoshlar, labguldoshlar, shoʻragullilar va b. botanik oilalarga mansub oʻsimliklar mavjud. Q. x. da ekiladigan oʻsimliklar: don ekinlari — bugʻdoy, arpa, sholi, makkajoʻxori, sharik, joʻxori; dukkakli don ekinlari — loviya, soya, dolixos, kaptar loviyasi, kanavaliya; moyli ekinlar — maxsar, zigʻir, yeryongʻoq, kunjut; efirmoyli — kashnich, arpabodiyon, qora zira, oq zira, ajgon — hind qora zirasi, yalpiz, rayxon, mavrak, lavanda; moyli ekinlar — atirgul, yorongul, yirikgulli yasmin; tuganakmevali ekinlar — kartoshka, batat, maniok, yams, taro; texnika ekinlari — shakarqamish, gʻoʻza, tolali nasha, jut, kanop, sizal, tamaki, piretrum; daraxt va butasimonlar — choy, kofe, palma; kauchukli ekinlar — geveya; sitrus mevalilar; yemxashak oʻtlar.

Tropik oʻsimliklarning ayrim biologik xususiyatlari, jumladan, issiqsevarligi, namsevarligi, qisqa kunli va aksariyat holda nordon tuproqlarda oʻsishi oʻzaro oʻxshash.

Xolima Otaboyeva.


Lotin alifbosida maqola: TROPIK OʻSIMLIKLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MADANIY OʻSIMLIKLARNING KELIB CHIQISH MARKAZLARI
YER
ALMASHLAB EKISH
DON EKINLARI
Mango guruhi - Maysara


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты