TROPIK HAVO MASSALARI

TROPIK HAVO MASSALARI — yil davomida tropik va subtropik kengliklarda uyushib, quyi kengliklardan yuqori kengliklarga harakatlanadigan havo massalari. Harorati yozda yuqori, materiklar ustidagi havosi quruq, yuqori bosimli 30° shu kabi va 30° j. k. atrofida kuzatiladi. Yozda Oʻrta Osiyoda, Qozogʻistonning jan. da uyushadigan havo T. h. m. hisoblanadi. Tropik havo massalari egallagan joylarda atmosfera bosimi yuqori havoning pastlama harakati ustun boʻladi, yil boʻyi havo juda issiq va yogʻin kam yogʻadi.

Dengiz va quruqlikdagi Tropik havo massalari farqlanadi. Dengizdagi Tropik havo massalari nisbatan yuqori trasi va nisbiy namligi, beqaror stratifikatsiyasi va maydalab yogʻin yogʻishi bilan izohlansa, quruqlikdagi Tropik havo massalari yozda oʻzining yuqori trasi, nisbiy namligining pastligi va barqaror stratifikatsiyasi, nihoyat changning koʻpligi bilan ajralib turadi.


Lotin alifbosida maqola: TROPIK HAVO MASSALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
OSIYO
TINCH OKEAN
TINCH OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты