VILDANOV Rumil Jiangirovich

VILDANOV Rumil Jiangirovich (1939.24.11, Bishkek – 1987.18.2, Moskva, Toshkentda dafn etilgan) — kompozitor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1977). Toshkent konservatoriyasini (1962, kompozitsiya boʻyicha) bitirgan. 1962—68 y. lari va 1982-y. dan Toshkent konservatoriyasida oʻqituvchi. 4 simfoniya (1962, 1967, 1968, 1971), 2 fortepiano (1965, 1968) va skripka (1968) konsertlari, oratoriya, kantata, simfonik poema, torli kvartet va b. kamer asarlar, xor, romans va qoʻshiqlar muallifi. 1970-y. lardan asosan kinomusiqa b-n shugʻullangan. 100 dan ortiq badiiy, hujjatli, multiplikatsion va telefilmlarga musiqa yozgan. Muqimiy teatrida «Oʻn ikkinchi kecha», (Shekspir asari asosida, 1971), «Andro va Sandro» (T. Xugayev asari asosida, 1975) musiqali komediyalari, Navoiy teatrida «Notanish ayol», «Zaharlangan hayot», «Elegiya» bir aktli baletlari sahnalashtirilgan (1980). Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1983).


Lotin alifbosida maqola: VILDANOV Rumil Jiangirovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ALISHER NAVOIY
MUSIQA
ROSSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты