VILSON (Uilson; Wilson) Garold (1916.11.3, Xaddersfild sh., Yorkshir — 1995) — Buyuk Britaniya bosh vaziri (1964-70, 1974-76). Leyboristlar partiyasining rahbarlaridan (1963 — 76). Vilson hukumati tashqi siyosat sohasida AQSH b-n harbiy-siyosiy ittifoqni saqlash va mustahkamlash, NATO harbiy blokini kuchaytirish yoʻlidan borgan. Vilson iqtisod masalalari boʻyicha bir qancha ilmiy asarlar yozgan.