VILSON KAMERASI

VILSON KAMERASI — zaryadlangan atom zarralari (proton, elektron va b.)ning harakat trayektoriyasini kuzatish, impulsi va zaryadi ishorasini aniqlash uchun moʻljallangan asbob. Ishi oʻta toʻyingan bugʻning kondensatsiyalanishiga, boshqacha aytganda tez zaryadlangan zarralarning izi boʻylab hosil boʻladigan ionlarda mayda suyuqlik tomchilari hosil boʻlishiga asoslangan. Stereoskopik tasvirni hosil qilish uchun zarralar izlari bir necha fotoapparatlar yordamida fotosuratga olinadi. Kamera hajmi tez kengayganda t-ra keskin pasayadi, shu tufayli bugʻ oʻta toʻyinadi. Ch. Vilson ixtiro qilgan (1912). Vilson kamerasi yordamida yadro reaksiyalarida vujudga keladigan elementar zarralarning turgʻunligini, yadroning faolligi va b. xususiyatlarini oʻrganish mumkin. Vilson kamerasi bir necha oʻn yillar davomida zaryadlangan zarralar izlarini qayd qiladigan yagona detektor vazifasini bajardi. 50—60-y. larda u oʻz ahamiyatini yoʻqotdi va hozir pufak kamerasi va uchqun kamerasi ishlatilmoqda.


Lotin alifbosida maqola: VILSON KAMERASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ELEMENTAR ZARRALAR
YER
PUFAK KAMERA
FIZIKA
UCHQUN KAMERASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты