TROYA URUSHI

TROYA URUSHI — yunon eposlari «Iliada» va «Odisseya»da bayon qilinishicha, Miken shohi — Agamemnon boshchiligida axeyyalik shohlar ittifoqining Troyaga qarshi olib borgan 10 yillik urushi. Axeylarnnng Troyani zabt etishi bilan tugagan. Troyada olib borilgan arxeologik qazish ishlarining koʻrsatishicha, mil. av. taxm. 1260-y. da shahar uzoq muddatli qamalni boshidan kechirgan va vayron qilingan. Shunday qilib, yunon afsonalaridagi maʼlumotlar tasdiklangan. Epos maʼlumotlariga koʻra, troyalik shahzoda Paris tomonidan Sparta shoxi Menelayning qizi — goʻzal Yelenani oʻgʻirlab ketilishi Troya urushiga sabab boʻlgan. Menelay va uning birodari Agamemnon yunon davlatlari shoxdarini yordamga chakirib katta flot bilan Troya sohillariga yoʻl olgan. Troya shohi Priamga frigiyalik, likiyalik, frakiyalik ittifokchilar yordam bergan. Yunonlar Troyani 10 yil qamal qilganlar va hiyla bilan uni egallaganlar (q. Troya oti). Asosan, buyuk jangchilarning yakkamayakka olishuvidan iborat boʻlgan harbiy harakatlarda yunonaxeylardan Axill, ikki Ayaks, Patrokl, Agamemnon, Odissey va b., troyaliklardan — Gektor, Glavk, Sarpedont va Eney shuhrat krzonishgan. Troyaliklarning magʻlubiyati dariylar tomonidan Yunonistondan siqib chiqarilgan axeylarning bir qismini Kichik Osiyoga koʻchib oʻtishini yengillashtirgan.


Lotin alifbosida maqola: TROYA URUSHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YUNONISTON
TOSHKENT
YAPONIYA
XITOY
BUYUK BRITANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты