TRUBA

TRUBA (qad. nem. trumba — quvur) — yuqori registrli mispuflama soz; yorqin va kuchli ovozga, keng texnik (virtuoz) imkoniyatlarga ega. Nayi bir aylana bukilgan, kanalining uz. 1500 mm atrofida. Qadimdan maʼlum boʻlib, oʻrta asrlarda harbiy, signal musiqa cholgʻusi sifatida keng tarqalgan. Jez yoki mis va rux qotishmasidan yasaladi. 19-a. boshidan pompa yoki ventil mexanizmli Trubalar paydo bulgan. Hozirda, asosan, si bemol (in V) va do (in S) tonidagi Trubalar qoʻllaniladi. Yakkanavoz, ansambl va orkestr sozi sifatida ishlatiladi. Oʻzbekiston T. ijrochiligi va taʼlim tizimida V. Pulatov, V. Verigin, M. Muhiddinovlar tanilgan. Oʻzbek kompozitorlaridan S. Karimhoji (2 ta — 1967, 1968), M. Bafoyev (1979), P. Xoliqov (1987) va b. T. uchun konsertlar yaratishgan.


Lotin alifbosida maqola: TRUBA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MUSIQA
TOSHKENT
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
YAPONIYA
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты