TRUSKAVES

TRUSKAVES — Ukrainaning Lvov viloyatidagi shahar (1948-y. dan). Mashhur balneologik kurort. Lvovdan 100 km jan. gʻarbda, Drogobichdan janubrokda. Karpat toglari etagida, 400 m balandlikda. Vorotishche togʻ daryosining vodiysida joylashgan. Truskaves stansiyasi. Lvov — Ujgorod t. y. tarmogʻining oxirgi punkti. Aholisi 33,6 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari).

Truskaves dagi dastlabki balneologik shifoxona 1827-y. da sulfidli mineral suv bulogʻi oʻrnida ochilgan. Kurortda buyrak, siydik yoʻli, oshqozon, jigar va oʻt yoʻllari, yuraktomir kasalliklari va b. davolanadi. Truskaves hududida 10 dan ziyod sanatoriy faoliyat koʻrsatadi. Mineral suvlardan, ayniqsa, «Naftusya» mineral suvi mashhur. Turizm rivojlangan.


Lotin alifbosida maqola: TRUSKAVES haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
UKRAINA
XITOY
TOSHKENT VILOYATI
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты