VIN SILJISH QONUNI — muvozanatli nurlanish energiyasi spektri maksimumiga toʻgʻri keluvchi toʻlqin uzunligi Yama|s. ning nurlanayotgan jismning mutlaq t-rasiga teskari proporsional ekanligini ifodalovchi qonun: ^•maksʻT—, bunda b — Vin doimiysi, 0,2897sm-K ga teng. Vin siljish qonuni t-ra oʻzgarganda mutlaq qora jismiknt nurlanish spektrida maksimum energiyaning siljishini koʻrsatib beradi. Bu qonunni dastlab V. Vin 1896-y. da termodinamik mulohazalar asosida yaratdi.