VINDXUK — Namibiyaning poytaxti, dengiz satxidan 1600 m balandlikda joylashgan. Aholisi 114,5 ming kishi (1999). Muhim t. i. va avtomobil yoʻllari tuguni. T. y. orqali Atlantika okea-ni sohilidagi Uolfish-Bey porti b-n bogʻlangan. Xalqaro aeroport bor. V. qorakoʻl teri savdosining markazi. Oziq-ovqat sanoati (vino, likyor i. ch.), tayyor qismlardan avtomobil yigʻuv korxonalari, tikuvchilik f-kalari bor.