VINILPIRIDIN KAUCHUKLAR

VINILPIRIDIN KAUCHUKLAR — sintetik kauchuklar; diyen uglevodorodlarning vinilpiridinlar yoki ularning hosilalari bilan sopolimerlanishidan hosil boʻlgan mahsulotlar. Vinilpiridin kauchuklarda vinilpiridin zanjirining miqdori odatda 30% dan oshmaydi. Vinilpiridin zanjiridan tashqari, stirol, akrilonitril, metakril kislota zanjirlariga ega boʻlgan uchlamchi sopolimerlar ham maʼlum. Vinilpiridin kauchuklar suvli emulsiyada monomerlarni sopolimerlab olinadi. Benzol, toluol, benzinda eriydi, 15% dan ortiq vinilpiridini boʻlgan kauchuklar keton va murakkab efirlarda eriydi. Piridin guruhlari borligi sababli Vinilpiridin kauchuklar ionlashtiruvchi nurlar taʼsiriga chidamli boʻladi. Xloranil ishtirokida Vinilpiridin kauchuklardan olingan rezina 200° gacha t-rada moylar, eritmalar, sintetik surkov moylari taʼsiriga chidaydi. Vinilpiridin kauchuklardan tayyorlangan rezina sovuqqa oʻta chidamliligi bilan butadiyennitril kauchuklardan tayyorlangan rezinadan farq qiladi.

Vinilpiridin kauchuklar —50 dan 180° gacha haroratda ishlatiladigan zichlovchi rezina shlanglar tayyorlashda, shuningdek avtomobil shinalari, yelim, moyga va gidravlik suyuqliklarga chidamli rezina mahsulotlar i. ch. da qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: VINILPIRIDIN KAUCHUKLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OʻSIMLIK MOYLARI
YER
KAUCHUK
REZINA
BUTADIYEN- NITRIL KAUCHUKLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты