VINNITSA

VINNITSA — Ukrainadagi shahar, Vinnitsa viloyatining markazi. Jan. Bug daryosi boʻyida. T. y. tuguni. Ahrlisi 381 ming kishi (1999). Shahar birinchi marta 1363-y. dan tilga olingan. Ukrainaning yirik sanoat va madaniyat markazlaridan. Vinnitsada oziq-ovqat (yogʻ-moy, meva konserva va goʻsht), yengil (poyabzal, tikuvchilik, trikotaj, attorlik f-kalari va b.), kimyo (kimyo k-ti), mashinasozlik (shu jumladan traktor agregatlari, asbobsozlik, elektrotexnika, radiotexnika apparaturalari, podshipnik z-dlari) va metallsozlik sanoatlari rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. 3 oliy oʻquv yurti, musiqa, tibbiyot bilim yurtlari, 3 muzey, musiqali drama te-atri, qoʻgʻirchoq teatri va filarmoniya ishlab turibdi. 1793-y. dan Rossiya imperiyasi qoʻl ostida boʻlib kelgan. Iezuit (17-a.), dominikan (18-a.) va kaputsin (18-a.) ibodatxonalari, Yuryev (18-a.) va Nikolayev (18-a.) yogʻoch cherkovlari saqlangan.


Lotin alifbosida maqola: VINNITSA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
XITOY
UKRAINA
OLIY OʻQUV YURTLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты