VINNITSA VILOYATI

VINNITSA VILOYATI — Ukraina tarkibidagi viloyat. 1932-y. 27 fev. da tuzilgan. Mayd. 26,5 ming km2. Axrlisi 194,6 ming kishi (1999), 25 tumanga boʻlingan, 10 shahar, 29 shaharcha bor. Jan. da Moldaviya Respublikasi bilan chegaradosh. Markazi — Vinnitsa sh.

Viloyat hududining aksari qismi Podoliya va Dnepr boʻyi qirlarida joylashgan. Iqlimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 4, —6», iyulniki 18,8—20,5°. Yiliga 500 — 550 mm yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 200 kun. V. v. dan Jan. Bug, Dnepr oqib oʻtadi. Tuprogʻi asosan qoratuproq va sur tuproq. Hududining 12,6% oʻrmon. Yelik, boʻri, tulki, oʻrmon suvsari, olmaxon, quyon, kemiruvchilar, daryo qirgʻoqdarida qunduz, oʻrdak, gʻoz yashaydi. Asosiy aholisi — ukrainlar (92% ga yaqin); shuningdek rus, yahudiy, polyak va b. ham yashaydi.

Vinnitsa viloyati Ukrainaning asosiy qand lavlagi ekiladigan va shakarqand sanoati rivojlangan r-nlaridan biri. Sanoati q. x. xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. 40 ga yaqin shakarqand z-di, 10 dan ziyod spirt z-di, yirik konserva z-dlari va k-tlari ishlab turibdi. Goʻsht va sut sanoati katta oʻrin egallaydi. Mashinasozlik va metallsozlik sanoati korxonalarida asosan q. x. va oziq-ovqat sanoatlari uchun mashina va uskunalar ishlab chiqariladi. Qurilish materiallari sanoati mahalliy kaolin (Gluxovesk), granit va b. qazilmalarni ishlaydi. Vinnitsada fosfat oʻgʻiti k-ti bor. Poyabzal, tikuvchilik f-kalari ishlab turibdi.

Q. x. lavlagikorlik-gʻallachilik hamda goʻsht-sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Gʻalla ekinlaridan kuzgi bugʻdoy, don-dukkaklilar, makkajoʻxori ekiladi. Shuningdek suli, tariq, grechixa, kungaboqar, kartoshka, tamaki, yemxashak ekinlaridan beda, yoʻngʻichka yetishtiriladi. Bogʻdorchilik va Dnestr daryosi boʻyida tokchilik rivojlangan.

Chorvachilikda sut-goʻsht qoramolchiligi va choʻchqachilik yetakchi oʻrinda. Parrandachilik, hovuz baliqchiligi va asalarichilik rivojlangan. T. y. uzunligi qariyb 1200 km. Muhim t. y. yoʻnalishlari: Kiyev — Odessa, Kiyev — Lvov. Xoʻjalik yuklarining asosiy qismi t. y. va avtomobil transportida tashiladi. Jan. Bug va Dnestr daryolarida kema qatnaydi. Vinnitsada aeroport bor.


Lotin alifbosida maqola: VINNITSA VILOYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



UKRAINA
TOSHKENT
ROSSIYA
MOLDAVIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты