TUVERQIR

TUVERQIR, Tuarqir — Turkmanistonning Bolxon viloyatidagi past togʻli hudud. Shim. sharqda Uchtagan qumligi, jan. gʻarbda Chilmamedqum, shim. gʻarbda Qoraboʻgʻozboʻyi tekisligi va jan. sharqsa qad. Oʻzboʻy oʻzani orasida. Bu yerda Begendzaaliqir (300 m), Qoʻymattogʻ (305 m), Tuverqir (295 m), Begiarslon (460 m), Irsirayebobo (274 m), Oqqir (435 m), Takejik (356 m) va b. togʻlar bor.

Choʻl zonasida. Yiliga 95—100 mm yogʻin tushadi. Yanv. ning oʻrtacha trasi —2, —4°, eng past tra —24°. Iyulning oʻrtacha trasi 30°, eng yuqori tra 45°. T. da boʻzqoʻngʻir qumoq va qumloq tuproqlar, ondasonda shoʻrxok, qumli choʻl tuproqlari, taqir va koʻchma qumlar uchraydi. Tetir, shuvoq, biyurgʻun, boyalich, qumlarda yulgʻun, cherkez, oq saksovul, rang, sarsazan oʻsadi.


Lotin alifbosida maqola: TUVERQIR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QIZILQUM
OʻZBOʻY
SHIMOLIY AMERIKA
TOSHKENT
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты