TUGANAK BAKTERIYALAR

TUGANAK BAKTERIYALAR (Rhizobium) — dukkakli oʻsimliklar (beda, bersim, noʻxat va b.) nish ildizlarda toʻplanadigan va havodagi azotni oʻzlashtirish xususiyatiga ega boʻlgan aerob bakteriyalar turkumi. Tuproqni azot bilan boyitadi. Yosh T. b. iddiz tukchalariga kirib, ularni azot bilan taʼminlaydi, ildiz hujayralarining jadal boʻlinishiga taʼsir koʻrsatadi, oʻsimliklardan uglerod va mineral moddalar almashinuvi mahsulotlarini oladi. Tuganak bakteriyalar molekulyar azotni tez biriktiradigan bakteriodlar hosil qiladi, yoʻgʻonlashadi, tarmoqlashadi. Ildizida tuganaklari boʻlgan dukkakli oʻsimliklar havodan bir ga maydonda yiliga 10 kg dan ortiq azot toʻplaydi. Tuproqni Tuganak bakteriyalar bilan boyitishda qoʻllaniladigan maxsus bakterial oʻgʻit — nitragin shu bakteriyalar negizida ishlab chiqariladi. Tuganaklar yaxshi hosil boʻlishi uchun madaniy oʻsimliklar urugʻligiga Tuganak bakteriyalar yuqtiriladi (yana q. Azot toʻplovchi mikroorganizmlar).


Lotin alifbosida maqola: TUGANAK BAKTERIYALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AZOT TOʻPLOVCHI MIKROORGANIZMLAR
TOSHKENT
BEDA
AZOTFIKSATSIYA
MINERAL


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты