VINOGRADOV Aleksandr Pavlovich

VINOGRADOV Aleksandr Pavlovich [1895.9(21)8, Peterburg – 1975.16.11, Moskva] — geokimyogar va biogeokimyogar olim, sobiq Ittifoq FAning akad. (1953), vitse-prezidenti (1967 — 75). Ilmiy ishlari geokimyo va kosmos kimyosiga bagʻishlangan. Vinogradov fanga biokimyoviy provinsiya tushunchasini kiritdi, Yer poʻsti vujudga kelishining universal mexanizmi gipotezasini taklif qildi. Yer pusti jinslaridagi kimyoviy elementlarning oʻrtacha miqdorini aniqladi (1957, 1962). Yer va Yer toifasidagi sayyoralarning kimyoviy evolyutsiyasi nazariyasini ishlab chiqdi. Oydan olib kelingan togʻ jinslari geokimyosini oʻrgandi. Vinogradovning rahbarligida bir necha metallar sintez qilingan. Uran izotoplarining parchalanish jarayonlarini aniqlagan.


Lotin alifbosida maqola: VINOGRADOV Aleksandr Pavlovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
YER
KIMYO
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты