TUGMACHAGUL

TUGMACHAGUL (Malva L.) gulxayridoshlar oilasiga mansub bir yillik yoki koʻp yillik oʻtlar turkumi; begona oʻt; Gʻarbiy Yevropa, Kichik Osiyo, Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Xitoy va Shim. Afrikada oʻsadi. Oʻzbekistonda Tugmachagulning bir necha turi: befarq Tugmachagul (M. neglecta Wall.), Mavritaniya T. i (M.mauritana L.), oʻrmon T. i (M. silvestris L), buxoro T. i (M. bucharica Iljin.) uchraydi. Poyasi yer bagʻirlab, baʼzan yerdan bir oz koʻtarilib oʻsadi. Shoxlangan, boʻyi 10—40 sm. Ildizi oʻq ildiz. Barglari uzun bandli, 5—7 boʻlakli. Gullari 3—4 tadan barg qoʻltigʻida joylashgan. Mevasi tugmachasimon, dumaloq, mayin tuklar bilan krplangan, 14 (12—16) ta danakchali toʻpmeva. Apr. dan okt. gacha gullab mevalaydi. Bir tup Tugmachagul yiliga 300—500 dona urugʻ beradi. Tabobatda qoʻllaniladi. Bargi Kavkazda ovqatga ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: TUGMACHAGUL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
HINDISTON
OSIYO
ERON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты