VINT

VINT (nem. Gewinde — qirqma, rezba) — 1) rezbali silindrik sterjen. Mashina va stanoklarning qismlarini harakatlantirish (yurgizish vinti) uchun moʻljallangan, detallarni bir-biriga biriktirish (biriktirish vinti) uchun ishlatiladigan xillari boʻladi. Birinchisida Vint vintli uzatmaning yetakchi zvenosi hisoblanadi. Yetaklanuvchi zveno yetakchi zveno rezbasiga monand rezba kesilgan reykadan iborat boʻladi. Ikkinchisida sterjenga tashqi rezba kesiladi, kallagida shlitsa (buragich, yaʼni otvertka uchun ariqcha) boʻladi;

2) vertolyot, samolyot kemaning harakatlanishini taʼminlaydigan vintsimon parrakli val (havo V. i., eshkak V.).


Lotin alifbosida maqola: VINT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



VERTOLYOT
AVIATSIYA
VINTLI KEMA
REZBA
ESHKAK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты