TUDUN

TUDUN, tutun — Turk xoqonligi boshqaruvidagi unvonlardan biri. Xoqon xonadoniga mansub va boʻysundirilgan viloyatlardagi hokimlar faoliyatini nazorat qilib, oʻlpon va soliqlar yigʻishni tashkil etish maqsadida tayinlangan noib unvoni. Tudun kdd. turk bitiktoshlarida, xitoy, sugʻd, arab, fors, yunon manbalarida, sugʻdiy, baktriy yozuvli tangalarda uchraydi. Xitoyning Tanshu yilnomasida 7-a. ning 40-y. laridan to 8-a. ning 40-y. larigacha hukm surgan Choch hukmdorlari Tudun unvoni bilan kayd etiladi. Ushbu yilnomada Chochni turli yillarda idora qilgan 4 nafar Tudun haqida soʻz boradi. Choch hukmdorlarining unvoni Tudun boʻlganini boshqa tillardagi maʼlumotlar ham tasdiklaydi (mas., Mugʻqalʼahujjatlari). Arabfors manbalarida ham Choch hukmdorlari Tudun unvonida tilga olinadi.

Ad.: Isʼhoqov M., Unutilgan podsholikdan xatlar, Tudun, 1992.


Lotin alifbosida maqola: TUDUN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TURK XOQONLIGI
TOSHKENT
YAPONIYA
YUNONISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты