TUZKON MADANIYATI

TUZKON MADANIYATI — neolit davrida baliq ovlash, ovchilik va terimchilik bilan shugʻullangan qabilalar madaniyati (mil. av. 4—3ming yillik). Tuzkon manzilgohlari Mohondaryo arxeologiya ekspeditsiyasi aʼzosi Oʻ. I. Islomov tomonidan topib oʻrganilgan (1960—61). Mohondaryo Zarafshon daryosining qad. oʻzani boʻlib u Buxoroning Qorakoʻl tumani orqali Qizilqumdan oʻtib Amudaryoga quyilgan. U oʻz yoʻlida bir qancha koʻllar hosil qilgan. Neolit odamlari shu koʻllar atrofida manzilgohlar qurishib shu yerda hayot kechirishgan. Bu yerdan 36 ta manzilgoh topilib, shundan 2 tasida madaniy qatlamlar va chayla qoldiqdari topilgan. Keyingi jez davriga kelib Mohondaryo suvlari kamayib, hosil qilingan koʻllar tuzkonlarga aylangan. Hozir bu joylar Kichik Tuzkon va Katta Tuzkon makonlari nomlari bilan yuritiladi (q. Kaltaminor madaniyati, Darvozaqirliklar chaylasi).


Lotin alifbosida maqola: TUZKON MADANIYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
MISR
YER
KALTAMINOR MADANIYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты