TUZLAR — kimyoviy birikmalar sinfi; oddiy sharoitda ionli tuzilishga ega boʻlgan kristall moddalar. Elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasiga muvofiq, Tuzlar eritmada musbat zaryadlangan ionlar — kationlar (asosan, metallar) va manfiy zaryadlangan iondar — anionlarga dissotsilanadigan kimyoviy birikmalardir. Tuzlar quyidagi turlarga boʻlinadi: oʻrta (yoki neytral) Tuzlar, nordon (yoki gidro) Tuzlar, asosli (yoki gidrokso) Tuzlar, aralash Tuzlar, qoʻsh T., kompleks Tuzlar — natriy sulfat, K4R2O7 — kaliy pirofosfat, CH3COONa — natriy atsetat. Nordon Tuzlar gʻosil boʻlganida kislotadagi vodorod atomlari metallga batamom almashinmaydi: mas., NaHSO4 — natriy gidrosulfat, (SaNSO3)2 — kalsiy gidrokarbonat. Asosli Tuzlar hosil boʻlganida asosning barcha gidroksil guruxlari metallga toʻliq almashinmaydi: mas., ZnOHCl — pyx gidroksoxlorid, [Fe(OH)2]SO4 — temir (P)gidroksosulfat. Asosli Tuzlardan tashqari oksotuzlar . gʻam maʼlum. Ular asosli Tuzlarni suvsizlantirish natijasida olinadi; mas., magniy gidroksoxlorid MgOHCl suvsizlantirilsa, magniy oksoxlorid MgOCl2 hosil boʻladi. Aralash Tuzlar — asos gidroksidlarining boshqaboshqa kislota krldiklariga almashinishi natijasida hosil boʻladigan mahsulotlar, mas., (SaON)2 dagi ON~ guruxlarining birini xlor ioni S1~ ga, ikkinchisini SYU» ga almashtirilsa, aralash Tuzlar (SaOS1) S1 kelib chiqadi. Qoʻsh Tuzlar — biror kislotadagi vodorod atomlarining turli metallarga almashinish mahsulotlari; mas., KNaCO3, KA1(SO4)2. Bularni Na2CO3K2CO3, K2SO4A12(SO4)3 shaklida ham yozish mumkin. Agar biror qoʻsh Tuzlar garkibidagi metallardan biri anion tarkibiga kirsa, bunday qoʻsh Tuzlarni kompleks Tuzlar deb qarash kerak; mas., agar KClMgCl2 tarkibidagi magniy metali anion tarkibiga kirsa, K [MgCl3] shaklli kompleks Tuzlar, 3NaFAlF3 tarkibidagi alyuminiy metali anion tarkibiga oʻtsa, Na3[AlF6] shaklli kompleks Tuzlar kelib chiqadi. Umuman qoʻsh Tuzlar bilan kompleks Tuzlar orasida anik, chegara yoʻq: qoʻsh Tuzlar atsidokomplekslar jumlasiga kiritiladi.
Tuzlar lab. usulida kislota va asoslarni bir-biriga taʼsir ettirib olinadi. Tuzlarning tavsifli xossalaridan biri uning qutbli eritmalarda, ayniqsa, suvda eruvchanligidir. Tabiatda Tuzlar koʻl, dengiz va okean suvlariga yigʻila boradi. Suv havzalari quriganida oʻsha joylarda osh tuzi (NaCl) va boshqa Tuzlar konlari paydo boʻladi.
Oʻzbekiston va Qozogʻiston hududlaridagi tuz konlari 1943—48 y. larda ilk oʻzbek kimyogarlaridan S. Muqimov (1899—1956) ragʻbarligidagi ilmiy ekspeditsiya tomonidan oʻrganildi. «Dengizkoʻl» (Buxoro), «Tuzkon» (Jizzax), «Shoʻrkon» (Fargʻona), «Xoʻjakon» (Surxondaryo) shoʻr suv havzalarining mineral, tuzli eritmalarning gidrokimyoviy tarkibi, tuzli qatlamlarning hosil boʻlish qonuniyatlari aniklandi. Bu havzalar osh tuzi bilan bir katorda qimmatli natriy sulfat, shuningdek, kaliyli, magniyli va bromli Tuzlarga boy ekanligi, tuzli qatlamlarda natriy xloriddan tashqari, tarkibida magniy va natriy boʻlgan astraxonit va eleolit koʻrinishidagi minerallar borligi koʻrsatib beriddi. Tajribalar natijasida tuzli konlardan amalda foydalanish, tuzli eritmalar va suv havzalari tubidagi balchikdarni mahalliy shifoxonalarda muolajalar uchun qoʻllash tavsiya etildi.
Tuzlar tabiat va texnikada juda katta ahamiyatga ega. Tuzlar hayvon va oʻsimlik organizmining muhim tarkibiy qismidan biri. Osh tuzi qadim zamonlardan beri ovqatga ishlatib kelinadi. Tibbiyotda ham turli Tuzlar ishlatiladi. Metallurgiya, shisha, toʻqimachilik, koʻn, lokboʻyoq sanoatlarida, qishloq xoʻjaligi va b. sohalarda Tuzlar keng qoʻllanadi. Baʼzi Tuzlar (mas., ammoniy nitrat, kaliy nitrat, kaliy sulfat) mineral oʻgʻitlar sifatida ishlatiladi.
Mukimov S. M ., Issledovaniye vzaimodeystviya v rasplavax sulfatov natriya, kaliya, magniya i kalsiya (v soavtorstve), T., 1949,Parpiyev N. A.,Muftaxov A. F., Rahimov H. R., Anorganik kimyo [3 qism], T., 2000-2003.
Rustam Maʼrupov.