VINTOKRIL

VINTOKRIL (nem. Gewinde — rezba va rus. krыlo — qanot) , vint-qanotli uchish apparati — vertolyotga oʻxshab tikka koʻtarila va qoʻna oladigan, samolyotga oʻxshab ucha oladigan uchish apparati. Unda koʻtarish kuchini bir yoki ikkita vint va qanotdan iborat koʻtarish tizimi vujudga keltiradi. Koʻtarilish va qoʻnishda Vintokril xuddi vertolyot kabi, ilgariga uchishda esa samolyotga oʻxshab boshqariladi. Vintokrilda turbovintli dvigatel ishlatiladi. Vintokrilning tezligi — 500—600 km/soat, 20 t gacha yuk koʻtara oladi. Vintokril harbiy maqsadlarda, xalq xoʻjaligida (asosan, yuk tashishda) cheklangan koʻlamda qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: VINTOKRIL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AVIATSIYA
VERTOLYOT
YER
Tushda uchsa nimani bildirishi haqida.
HARBIY SANʼAT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты