VINTSIMON HARAKAT — qattiq jismning muayyan tezlik 0 dagi toʻgʻri chiziqli ilgarilama harakati hamda oʻsha tezlikka parallel aa, oʻq atrofida o burchak tezlik bilan aylanma harakati yipshdisidan tashkil topgan murakkab harakati aa, oʻqning yoʻnalishi oʻzgarishsiz qolganda Vintsimon harakat qiluvchi jismni mexanikada vint (burama), aa, oʻqni esa vint oʻqi deyiladi. Jismning shu vint oʻqida yotgan istalgan nuqtasi vint bir marta toʻliq aylanganda oʻtadigan masofasini vint qadami A, kattalik R=d/sh ni vint parametri deyiladi. y) vektorning uchi tomonidan qaraganda jism harakati soat mili harakati yoʻnalishiga teskari boʻlsa, $ va sh vektorlar bir tomonga yoʻnalgan holda vintni oʻnaqay vint, turli tomonga yoʻnalgan holda esa chapaqay vint deyiladi. R koʻrsatkich doimiy boʻlganda, vint qadami h=2nd/a> ham doimiy boʻladi. Qattiq jismning har qanday murakkab harakatini umumiy holda elementar yoki oniy Vintsimon harakat lardan tashkil topgan deb hisoblash mumkin. Vintsimon harakat vintli konveyer, vintli nasos va b. vintli qurilmalarda amalga oshadi.