TUKANLAR

TUKANLAR (Rhamphastidae) — qizilishtonsimonlar turkumiga mansub qushlar oilasi. 37 turni birlashtirgan 5 urugʻi bor. Eng katta vakili — katta tukan uz. 60 sm cha; tumshugʻi —15—17 sm. Patlari turli rangda va juda chiroyli. Monogam qush. 1 — 4 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini nari va modasi navbat bilan bosadi. Bolalari 6 — 8 haftada uchirma boʻladi. Markaziy va Jan. Amerikadagi tropik oʻrmonlarda yashaydi. Tukanlar, asosan, mevalar, qisman umurtqasiz hayvonlar, mayda sudralib yuruvchilar, qushlar tuxumi hamda bolasi va b. bilan oziklanadi.


Lotin alifbosida maqola: TUKANLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
YER
XITOY
SUDRALIB YURUVCHILAR
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты