VIRAJ

VIRAJ (frans. virer — burilmoq, tusini oʻzgartirmoq) — 1) burilish;

2) uchuvchilikda (pilotajda) gorizontal tekislikda berk egri chiziq (aylana) hosil qilib uchish; samolyotni bir xilda yonga ogʻdirib, oʻzgarmas ilgarilama tezlikda 360» burib uchiriladi. Viraj uchuvchidan katta mahorat talab qiladi;

3) avtomobil yoʻli burilishi joyi, velosiped treki, avtodrom qayrilmalarida bir tomonlama koʻndalang nishabi boʻlgan qismi;

4) anhor, kanal, nov va b. ning ravon buriladigan joyi tubidagi koʻndalang nishablik;

5) fotografiyada — fototasvirga rang berishda ishlatiladigan eritma.


Lotin alifbosida maqola: VIRAJ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Tushda uchsa nimani bildirishi haqida.
AVIATSIYA
RANG-TASVIR
YER
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты