TUKLI ARILAR

TUKLI ARILAR (Bombys) asalarisimonlar oilasiga mansub hasharotlar urugʻi. Uz. 3,5 sm gacha, tanasi qalin va uzun tuklar bilan qoplangan. Tuklar sariq, qrra yoki oqish belbogʻ hosil qiladi. 300 ga yaqin turi bor, Afrika va Antarktidadan tashqari barcha qitalarda, asosan, togʻli va togʻ oldi hududlarda uchraydi. Jamoa boʻlib yashaydi; uyasini quruq oʻsimliklar, yoʻsinlar va b. bilan aralashgan mumdan yerga kuradi. Oilasi bir yillik, bitta yirik urgʻochi va bir qancha mayda urgochi ishchilardan iborat. Erkagi yoz oxirida paydo boʻlib, urgʻochisini urugʻlantirgandan keyin halok boʻladi. Urugʻlangan yosh urgʻochisi qishlab qoladi; bahorda uya qurib, yangi oilaga asos soladi. Yosh urgʻochi qoʻygan tuxumlardan faqat ishchi Tukli arilar chiqadi. Voyaga yetgan ishchi Tukli arilar in qurishni davom ettiradi; qurtlar uchun nektar va chang yigʻadi. Oiladagi Tukli arilar soni bir necha oʻntadan minggacha, tropik xududlarda 2500 gacha yetadi. Tukli arilar asosiy yemxashak ekinlari (qizil sebarga, beda va b. dukkaklilar)ning changlatuvchilari.


Lotin alifbosida maqola: TUKLI ARILAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
XITOY
ASALARISIMONLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты