VIRGINIYA

VIRGINIYA, Virjiniya — AQSH ning sharqiy qismidagi shtat. Atlantika okeani sohilida. Mayd. 105,7 ming km2. Aholisi 6,5 mln. dan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Aholining qariyb 47% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Richmond sh. V. ning gʻarbida bal. 1743 m gacha boʻlgan Appalachi togʻ tizmalari, oʻrta qismida Pidmont platosi, sharqida botqoqli Atlantika boʻyi pasttekisligi bor. Yanv.-ning oʻrtacha t-rasi — G dan 5° gacha, iyulniki 23—26°. Yillikyogʻin 1000 mm. Igna bargli va aralash oʻrmonlar bor.

Virginiya industrial-agrar shtat. Toshkoʻmir, tabiiy gaz va qurilish materiallari qazib chiqariladi. Sanoatining asosiy tarmoqlari: kimyo (sunʼiy tola, oʻgʻit, portlovchi moddalar i. ch.), elektrotexnika, radioelektronika, tamaki, oziqovqat, ip gazlama, yogʻochsozlik, kemasozlik. Eng yirik sanoat markazi — Roanok sh. Port shaharlari — Norfolk, Portsmut, Nyuport-Nyus, Danvill. Yer-suv asosan yirik fermer xoʻjaliklari qoʻlida. Virginiyaning yer yuzasida eroziya jarayoni kuchli boʻlganidan ekinzorlarning bir qismi yaroqsiz boʻlib qolgan. Bogʻdorchilik va polizchilik rivojlangan. Muhim ekinlari: tamaki, bugʻdoy, makkajoʻxori, yer yongʻoq, paxta. Q. x. tovar mahsulotining qariyb yarmi chorvachilikdan olinadi. Koʻproq qoramol, parranda va choʻchqa boqiladi. Baliq ovlash ham rivojlangan. Virginiyaning Atlantika okeani sohilidagi Xempton-Rode gavanida kemalar quriladi.


Lotin alifbosida maqola: VIRGINIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
TOSHKENT
ROSSIYA
YER
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты