TUKLI BESHBARMOQ

TUKLI BESHBARMOQ [Digitaria sanguinalis (L.) Scop. ] — boshoqdoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi sershox, boʻyi 10—70 sm. Barglari uzunchoqnashtarsimon. Toʻpguli chochoq roʻvaksimon. Mevasi mayda don. Ildizi popuk ildiz, 40 sm gacha chuqurlikka kirib boradi. Urugʻidan koʻpayadi. Apreldan iyungacha nihollari koʻkaraveradi, iyul — okt. gacha gullaydi va mevalaydi. Bir tupi 5000 tagacha urugʻ beradi. Urugʻlari osongina toʻkiladi, asosan, suv orqali tarqaladi. Urugʻi 20—35° haroratda unib chiqadi. Oʻrta Osiyoning sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida keng tarqalgan. Beda, gʻoʻza va b. chopiqtalab ekinlar orasida, shuningdek, sugʻorish shoxobchalari boʻylari, yoʻl yoqalarida uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: TUKLI BESHBARMOQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALMASHLAB EKISH
BEDA
BEGONA OʻTLAR
GʻOʻZA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты