TUKURINGRA

TUKURINGRA — RF Amur viloyatidagi togʻ tizmasi. Yukrri Zeya tekisligi bilan AmurZeya platosi oraligʻida. Uz 230 km, oʻrtacha bal. 800—1200 m, eng baland joyi 1605 m. Eni 40—70 km. Suvayirgʻich qismi yassi boʻlib, gumbaz shaklidagi choʻqqilar koʻtarilgan. 700— 800 m balandlikda tekislangan yuzalar bor. Yon bagirlari tik, uni kesib utuvchi daryolar chukur daralar hosil qilgan. Qad. muzlik relyef shakllari sakdangan. Mezozoy burmalanishi davrida shakllangan.

Iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq, uzoq davom etadi, yozi iliq. Yon bagʻirlarida tilogʻoch, oq qayin, qora qaragʻay oʻrmonlari, jan. yon bagʻirlarida qora qayin, Mongoliya emani ham usadi. Baland qismlarida pakana kedr changalzorlari, togʻ tundrasidan iborat, ancha qismi tosh qurumlari bilan qoplangan. Sharqiy qismida Zeya qoʻriqxonasi bor.


Lotin alifbosida maqola: TUKURINGRA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MONGOLIYA
OSIYO
TYANOʻPAN
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты