VIRILIZM

VIRILIZM (lot. virilis — erkakka xos) — ayollarda erkaklarga xos ikkilamchi jinsiy belgilar paydo boʻlishi; endokrin kasallik. Bunda soqol, moʻylov oʻsishi, ovoz doʻrillashi, skelet muskullarining jadal rivojlanishi va b. kuzatiladi. Buyrak usti bezi poʻstloq qavatining hamda gipofiz oldingi boʻlagi funksiyasining buzilishi va turli kasalliklar tufayli tuxumdonda yuzaga kelgan oʻzgarishlar sabab boʻlishi mumkin. Bunda tuxumdon faoliyati susayadi, jinsiy aʼzolar va koʻkrak bezlari kichrayadi, hayz koʻrish izdan chiqadi. Virilizmni endokrinolog vrach konservativ yoʻl bilan davolaydi. Ayrim hollarda jarrohlik usuli qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: VIRILIZM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HAYZ
XOTIN-QIZLAR KASALLIKLARI
ODAM
IMPOTENSIYA
JINSIY AʼZOLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты