TULA

TULA — RF Tula viloyatidagi shahar, viloyat markazi, qahramon shahar, Upa daryosi (Oka irmogʻi) boʻyida. Moskvadan 193 km jan. da. Tula tuguni. Aholisi 519 ming kishi (1998). Shahar 4 maʼmuriy tumanga boʻlingan.

Tula 1146-y. dan maʼlum boʻlib, Ryazan knyazligi tarkibida edi. 1503-y. dan Moskva davlati tarkibida. 16—17-a. larda Rus davlatining jan. chekkasidagi muhim mustahkamlangan istehkom. 17-a. da mahalliy temir rudasi asosida Tula temirchilik sanoatining markazi boʻlib qoldi. 1712-y. da Pyotr I buyrugʻi bilan Tulada Rossiyada dastlabki qurol-aslaha zdi kurildi. 1777-y. dan T. Tula namestnichestvosi markazi, 1796-y. dan gubernya markazi, 19-a. da Tulada qurolaslaha ishlab chiqarish. rivojlangan. Tula 1929—37 y. larda Moskva viloyati tarkibida. 1941-y. ning okt, — dek. oylarida Tula nemis fashistlaridan qahramonona mudofaa qilindi. 1976-y. 7 dek. da Tulaga qahramon shahar faxriy unvoni berildi.

Tula — RFning yirik sanoat markazi. Sanoatining asosiy tarmoklari: kora metallurgiya, mashinasozlik va metallsozlik (kombayn zdi, mashinasozlik, konchilik va transport mashinasozligi, qurolaslaha zdlari motoroller va samovarlar ishlab chikariladigan «Shtamp» zdi), kimyo (kimyo tolalari, plastmassa va b.), yengil, oziq-ovqat sanoatlari, qurilish materiallari va musiqa asboblari ishlab chiqarish. 3 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, unt), 3 teatr, oʻlkashunoslik, badiiy, qurol-aslaha (1724-y. dan) muzeylari, sirk, filarmoniya mavjud.


Lotin alifbosida maqola: TULA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
XITOY
FRANSIYA
TOSHKENT VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты