VIRTUAL ZARRALAR

VIRTUAL ZARRALAR (maydonlarning kvant nazariyasida) — qisqa vaqt D davomida mavjud boʻluvchi oraliq holatdagi zarralar. Ular xuddi real zarralar kabi kvant sonlarspin, elektr hamda barion zaryadlar va b. ga ega boʻlsa ham, ushbu zarralar uchun energiyasi Ye, impulsi r va massasi t orasidagi (real zarralar uchun oʻrinli boʻlgan) odatdagi bogʻlanish bajarilmaydi: Eh^pV+m^4. Bunday buzilish holatining mavjudligi Virtual zarralar energiyasi va ularning mavjud boʻlish vaqti D/ orasidagi kvant noaniqliklar munosabati At~h/E (bunda h — Plank doimiysi)dan kelib chiqadi. Virtual zarralarning yashash umri juda qisqa boʻlganligi uchun, bu hol oʻz navbatida Virtual zarralarni tajribada qayd qilishga xalaqit beradi, shuning uchun ham Virtual zarralar oraliq vaziyatlarda mavjud boʻladi. Virtual zarralar oʻzaro taʼsirning tashuvchilari vositalaridir. Mas., ikkita elektronning oʻzaro taʼsiri bir elektronning virtual fotonni chiqarishi va ikkinchi elektron tomonidan uning yutilishidan iboratdir. Yuqori energiyali adronlar bir-birlari b-n V. z. majmuasi vositasida taʼsirlashadilar. Ushbu oʻzaro taʼsir paytida Virtual zarralar yutilishi va chiqarilishi impuls va energiya orasidagi bogʻlanishning buzilishisiz yuz bermaydi.


Lotin alifbosida maqola: VIRTUAL ZARRALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FIZIKA
YER
MAYDON KVANT NAZARIYASI
ELEMENTAR ZARRALAR
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты