VIRULENTLIK

VIRULENTLIK (lot. virulentus – zaharli) — mikroorganizmlarning kasallik qoʻzgʻatishi. Virulentlik faqat kasallik qoʻzgʻatuvchi (patogen) organizmlar turlariga xos boʻlib, patogen tur bir yoki bir guruh biotiplar, oʻsimlik navi yoki hayvon zotida tanlab kasallik qoʻzgʻatish xususiyati bilan belgilanadi. Mas., vilt kasalligini qoʻzgʻatuvchi vertitsillium avlodiga mansub V. dahliae Kleb. zamburugʻi koʻpgina ekinlar uchun virulent hisoblanib, ularning soʻlishiga sabab boʻladi. Oʻzbekistonda oʻtkazilgan tadqiqotlar asosida tuproqda vertitsillium zamburugʻining 2 irqi mavjudligi va ular, ayniqsa ekiladigan gʻoʻza navlari va poliz ekinlari uchun virulent ekanligi aniqlandi. Mac, zamburugʻning 2-irqi «Toshkent» tipidagi gʻoʻza navlariga, 108-F, S-4727 va b. navlarga, 1-irqi esa 108-F tipidagi navlarga virulentdir. Patogenning Virulentlik xususiyati oʻsimlikka kasallikni sunʼiy yuqtirish bilan yoki tabiiy dala sharoitlarida aniqlanadi. Virulentlik organizmning qarshilik koʻrsatish qobiliyatiga bogʻliq (q. Patogenlik).

Valeriy Senoyedov.


Lotin alifbosida maqola: VIRULENTLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
ALMASHLAB EKISH
VILT
SELEKSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты