VIRUNGA

VIRUNGA — Sharqiy Afrikadagi hoz. zamon vulkanizmi oblasti, Kivu koʻlidan shim. ga tomon yoʻnalgan tektonik botikda joylashgan. 8 ta yirik va koʻplab (400 dan ortiq) mayda harakatdagi va soʻngan vulkanlar guruhi. Virunga vulkanik maydoni bazalt va leysitli lavalardan tuzilgan boʻlib, 1800 m va undan ortiq balandlikda. Eng baland joyi — Karisimbi soʻngan vulkani (4507 m); Gʻarbdagi Niragongo (3470 m) va Nyamlagira (3056 m) vulkanlari faol harakatda. 2300—2500 m balandlikkacha doim yashil sernam ekvatorial oʻrmonlar, butazorlardan iborat; undan yuqorisi lavali maydonlar. Virunga milliy parki: fauna rezervati bor. Faunasi tarkibida — togʻ gorillalari, shimpanze, fil, qoplonlar, begemot, shuningdek boshqa tuyoqli hayvonlar uchraydi. Togʻ gorillalari qoʻriqxonasi bor.


Lotin alifbosida maqola: VIRUNGA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
OSIYO
VULKANLAR
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты