TULKIQUYRUQ

TULKIQUYRUQ (Prangos Lindl.) , yugʻon — soyabonguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. Oʻzbekistonda Ohangaron vohasi va Chimyon togʻlarida koʻproq xashakbop Tulkiquyruq yoki shashir (P.pabularia) va Chimyon Tulkiquyruqi (P.tschimganica B. Fedtsch.) uchraydi. Xashakbop Tulkiquyruqning boʻyi 2 m ga boradi. Iddizi yoʻgʻon, silindrsimon, poyasining yuqori qismi qalqonsimon, shoxlangan; shoxlari qaramaqarshi yoki halqasimon joylashgan. Yaproklari 40 sm gacha, ellipssimon, 4—5-marta patsimon qirqilgan. Soyaboni 10 —20 nurli, soyabonchalari 10—15 gulli. Oʻrama barg va bargchalari 5—10 ta, kalamibigizsimon. Mayiyul oylarida gullab uruglaydi. Loy tuprokli toshloq yerlarda, butalar orasida usadi.


Lotin alifbosida maqola: TULKIQUYRUQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BARG
TOSHKENT VILOYATI
YER
BEGONA OʻTLAR
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты