VIRUSLI GRANULYOZ

VIRUSLI GRANULYOZ — hasharotlar, ayniqsa kapalaklarning virusli kasalligi. Kasallikni Bergoldiavirus turkumiga mansub virus qoʻzgʻatadi. Kasallik toʻqima xujayralaridagi virusning tarkibiy qismi-granula yoki donachalarning boʻlishi (tashqi koʻrinishidan bakteriyalar sporasiga oʻxshaydi) bilan aniqlanadi. Kuzgi tunlam V. g. i «soxta sariq» deb nomlanadi va u koʻrinishidan ipak qurtining sariq kasalligiga juda oʻxshaydi. Kuzgi tunlam barcha rivojlanish davrida Virusli granulyoz bilan zararlanadi. Infeksiya zararkunanda organizmiga ovqat b-n birga kiradi. Virusli granulyozdan mikrobiologik himoya usulida foydalaniladi.

Granulyoz virusi asosida virin-OS preparati (ipak qurti uchun beziyon) ishlab chiqilgan. Preparatni oziqlanish davrida kuzgi tunlamga qarshi qoʻllash mumkin. Zararkunandani 80—90% gacha nobud qiladi. Titri 1 g da 4 mlrd. granula bulgan suspenziya ekinlarga purkaladi. Suspenziya sarf normasi 100 g/ga; ish suyuqligi 200 l/ga.


Lotin alifbosida maqola: VIRUSLI GRANULYOZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OʻSIMLIKLARNI HIMOYA QILISH
XITOY
BAKTERIYALAR
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты