TULLASH

TULLASH, jun toʻkilishi (hayvonlarda) — sut emizuvchi hayvonlarda terining tashqi qoplamini hosil qiluvchi junlar (tivit va qisman qiltiq tolalar)ning toʻkilish va yangilanish jarayoni. Tullash hayvonlarda eskirgan tana qoplamini tiklash, tashqi muhit sharoitiga moslashish bilan bogʻliq mavsumiy xususiyatga ega. Uy hayvonlarida, ayniqsa, dagʻal junli qoʻylar, sigir, echkilarda, tuyalarda mavsumiy Tullash bahor boshlanishi bilan sodir boʻladi. Tullash tezligi iklimgabogʻliq. Issiqhavouni tezlashtiradi. Tullash jarayonida jun qoplami siyraklashadi, teri orqali havo almashinuvi erkinlashadi. Kech kuz va kish mavsumlarida yangi tivit va kiltik tolalari oʻsib chiqadi. Parrandalarda Tullash rivojlanish bosqichi bilan emas, balki mavsumiy oʻzgarishlar bilan bogʻliq. Ularda yorugʻlik sharoitini sunʼiy oʻzgartirib, Tullashni boshkarish mumkin. Tullash davrida hayvonlarda modsa almashinuvi oʻzgaradi. Qoʻy, echki, tuya va b. da hayvonlarda Tullash alomatlari va boshlangʻich belgilari — jun qoplamining koʻtarilishi sezilishi hamon bahorgi jun qirqimi oʻtkaziladi (bu holat jun qirqimini osonlashtiradi).

Hayvonlar kasallanganda patologik Tullash yuz beradi. Bu davrda organizmdagi modda almashinuvi, terining oziqlanishi keskin buziladi qichima (qoʻtir) alomatlari avj oladi va hayvon jun qoplami yoppasiga toʻkiladi.


Lotin alifbosida maqola: TULLASH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QOʻY
JUN
YER
MAYIN JUNLI QOʻYLAR
TERI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты