VISBADEN

VISBADEN — Germaniyadagi shahar. Gessen yerining maʼmuriy markazi. Aholisi 264 mingdan ziyod kishi (1990y. lar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Reyn daryosi boʻyidagi port. V. va shahar atrofida mashinasozlik (shu jumladan ogʻir mashinasozlik, elektrotexnika jihozlari, aniq mexanika va optika buyumlari), kimyo-farmatsevtika, sement, oziq-ovqat sanoati, jumladan shampan vinolari i. ch. korxonalari bor. Poligrafiya sanoati rivojlangan. Taunus togʻi etagida 117 m balandlikda mashhur balneologik kurort joylashgan. Iklimi yumshoq. Bemorlar issiq mineral buloqlar suvi va balchiq bilan davolanadi.


Lotin alifbosida maqola: VISBADEN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты