TULYAREMIYA

TULYAREMIYA (AQSH Kaliforniya shtatidagi Tulyare degan joy nomidan olingan, dastlab shu yerdagi zararlangan yumronqrziklardan topilgan) — hayvonlar (koʻproq qoʻy, moʻynali hayvonlar) va odamda uchraydigan tabiiy oʻchokli oʻtkir infeksion kasallik; hayvonlarda kasallik koʻpincha yashirin kechadi; odamda oʻpka, limfa tugunlari (bubon — shish hosil qilib), ichak zararlanishi bilan oʻtadi. Tulyaremiya kasal kemiruvchilardan yuqadi. Kasallik odamdan odamga yuqmaydi. Qoʻzgʻatuvchilari organizmga shikastlangan teri, koʻz shilliq qavati, nafas yoʻllari, meʼdaichak yoʻli orqali kiradi. Kasallikning yashirin davri (q. Inkubatsion davr) 3—7 kun (baʼzan 21 kungacha). Kasallik toʻsatdan boshlanadi, harorat 38—39° gacha koʻtariladi, et uvishib, bosh, muskullar ogriydi, bemor qayt qilishi, alaxlashi, burni qonashi mumkin. Kasallikning birinchi kunidan boshlab bemor darmonsizlanadi, boʻshashadi, loqayd boʻlib qoladi, koʻp terlaydi. Qoʻzgʻatuvchilar odam organizmiga zararlangan teri (shilingan, kesilgan va tirnalgan joydan), koʻz shilliq pardasi orqali tushganida uning oʻrnashgan joyi yaqinidagi limfa tugunlarida (q. Limfa sistemasi) yalligʻlanish jarayoni roʻy beradi va bubon paydo boʻladi. Qoʻzgʻatuvchilar nafas yoʻllari orqali oʻtganda bronxit, oʻpka yalligʻlanishi, hazm yoʻlining shilliq qavati orqali kirganida koʻngil aynib, qorinda kuchli ogʻriq paydo boʻlishi mumkin. Tulyaremiyaga shubha boʻlgan joylarda kemiruvchilar va qon soʻruvchi boʻgʻimoyokdilarni yoʻqotish choralari koʻriladi, ichiladigan va xoʻjalik suvlari zararsizlantiriladi.


Lotin alifbosida maqola: TULYAREMIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
YER
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты