VISMAR

VISMAR — Germaniyaning Meklenburg-Old Pomeraniya yeridagi shahar. Boltiq dengizidagi Vismar qoʻltigʻining jan. sohilida. Aholisi 55 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Mamlakatning yuk oboroti boʻyicha va asosiy baliq ovlaydigan yirik portlaridan biri. Kemasozlik va unga xizmat qiladigan korxonalar rivojlangan. Oziq-ovqat (shakarqand), yogʻochsozlik, qogʻoz, kimyo sanoati korxonalari bor. V. qadimda savdo markazlaridan biri boʻlgan. 1229-y. dan shahar, 1256-1358-y. larda Meklenburg knyazlarining qarorgohi, 1648—1803-y. larda Shvetsiya tarkibida boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan Nikolaykirxe gotika cherkovi (1381-y.) va b. saqlangan.


Lotin alifbosida maqola: VISMAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
GERMANIYA
FRANSIYA
SHVETSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты