TUMOV

TUMOV, rinit — sovqotish, infeksiya, allergiya natijasida burun shilliq pardasining yalligʻlanishi. Mustaqil kasallik yoki infeksion kasalliklar (mas., gripp, difteriya, qizamiq va b.) belgisi boʻlishi mumkin. Tumovda burun yoki tomoq shilliq pardasi shishib, achishadi va quruqshaydi; 3—4 kundan keyin burundan koʻp miqdorda suyuq tiniq shilimshiq keladi. Bemorning umumiy ahvoli aytarli oʻzgarmaydi, harorati, odatda, normal yoki bir oz koʻtariladi (37—37,5°), boshi ogʻirlashib, ish qobiliyati pasayadi; burundan nafas olish qiyinlashadi, baʼzan, koʻz shilliq pardasi yalligʻlanganligi tufayli yosh oqadi, hid bilish pasayadi. Tumov xususan emadigan bolalarda ogʻir kechadi. Ularning burun yoʻllari juda tor boʻlib, burun shilliq qavatining ozgina boʻlsada shishishi burundan nafas olishni qiyinlashtiradi. Natijada jiddiy oʻzgarishlar: tajanglik, uyqu buzilishi, emmay qoʻyish, juda ozib ketish va b. kuzatiladi. Baʼzan yalligʻlanish burunhalqum va eshituv nayi shilliq pardasiga, hatto hiqildoq, bronx va oʻpkaga ham oʻtib ketadi. Shuning uchun Tumovni zoʻraytirib yubormaslik kerak.

Kasallik alomatlari paydo boʻlishi bilan vrachga murojaat etish lozim. Asal yoki malina murabbosi solingan issiq choy ichish, vrach tavsiya etgan tomir toraytiruvchi tomchilarni burunga tomizish kerak, bu — shilliq parda shishini pasaytiradi, natijada burun oqishi kamayadi, burun ochilib, nafas olish yaxshilanadi. Vrach buyurgan davo choralarini qatʼiy bajarish lozim, aks holda yalligʻlanish jarayoni surunkali shaklga oʻtib ketishi mumkin. Tumov hamma vaqt ham sovqotish yoki infeksion kasalliklardan kelib chiqavermaydi. Koʻpincha (asosan, asabi tez qoʻzgʻaluvchan kishilarda) allergik yoki vazomotor Tumov ham uchrab turadi; kasallik xuruj qilganda bemor tinmay aksa uradi, burnidan suyuq shilimshiq, koʻzidan yosh oqadi, burun va qovoklari qichishadi; T. ning bu shakli baʼzan bir kunda bir necha marta xuruj qiladi. Allergik Tumovning alohida bir turi — pichan tumovi, asosan, boshoqli oʻsimliklar gullagan davrda uchraydi.

Oʻtkir Tumov tez-tez kdytalab tursa, surunkali Tumovga aylanib ketishi mumkin. Surunkali Tumov burun boʻshligʻi shilliq pardasining oʻsib, qalin tortishi (gipertrofiya) yoki uning yupqalashib ketishi (atrofiya)ga olib kelishi mumkin, natijada nafas olish qiyinlashadi. Shuning uchun Tumovning surunkali shaklga oʻtib ketishiga yoʻl qoʻymaslik zarur. Tumovning oldini olishda organizmni chiniqtirish juda muxim.


Lotin alifbosida maqola: TUMOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



DIFTERIYA
GRIPP
OʻTKIR RESPIRATOR KASALLIKLAR
INFEKSION KASALLIKLAR
HID BILISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты