TUMOR

TUMOR — 1) diniy tasavvurlarga kura, koʻz tegishidan, turli ofat, balo, insjins va shu kabidan saklaydigan buyum. Tumor ichiga Qurʼon oyatlari bitilgan qogʻoz hamda ilohiy qudratga ega deb bilingan narsalar solingan. Duo yozilgan qogʻoz uch yoki toʻrtburchak qilib buklab, charm yoki matoga oʻrab tikilgan. Tumor, odatda, boʻyinga, qoʻltiqqa, sochga taqiladi yoki kiyimning ichki qismiga tikib qoʻyiladi;

2) ayollarning boʻyin va qoʻltiqlariga taqadigan taqinchogʻi, bezagi. Tumor shakli bir-birining ustini qoplaydigan 2 boʻlak (quticha va qopqoq) dan iborat quticha boʻlib, asosan, qopqoq qismi bezatiladi. Tilla, kumush va b. metallardan uchburchak, toʻrtburchak, naycha (silindr) shaklida yasalib sirti nakshlar bilan hamda qimmatbaho toshlar qadab bezatiladi, shokilalar osiladi. Taqilishi va shakliga koʻra farqlanadi: bozuband, duotuzi, boʻyintumor, koʻkrak T., qoʻltiq T. va b.


Lotin alifbosida maqola: TUMOR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QURʼON
KIYIM
YER
TOSHKENT
BOZUBAND


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты