TUN YABGʻU

TUN YABGʻU — Gʻarbiy Turk xoqonligining hukmdori (618—630). U Sheguyxon vafotidan soʻng taxtga chiqqan. Tun Yabgʻu qobiliyatli sarkarda va davlat boshligʻi boʻlib, faol harbiy harakatlar olib borgan. Jan. Toxariston (hoz. Afgʻoniston) va qisman Gibin (hoz. Pokiston) yerlarini zabt etdi. Bu davrda Gʻarbiy Turk xoqonligi tarkibiga deyarli butun Oʻrta Osiyo, Qozogʻistonning katta qismi, quyi Volga boʻylari, Shim. Kavkaz yerlari kirgan. Davlat poytaxti Suyab sh. (hoz. Toʻqmoq sh. yaqinida) edi. Tun Yabgʻu markaziy hokimiyatni kuchaytirish maqsadida davlatda maʼmuriy islohot oʻtkazgan. Viloyatlarda nazoratni kuchaytirish uchun oʻz vakillari — tudunlarni yuborgan. Maxalliy xukmdorlarga turkiy unvonlar inʼom etgan. Oʻgʻli Tardushodni Toxaristonga noib qilib tayinlagan. Tun Yabgʻu xoqon Eronga qarshi Vizantiya bilan ittifoq tuzgan. 627-y. gʻarbiy turklar tuzilgan shartnomaga asosan, Eronga karam boʻlgan Kavkazorti xududiga hujum qilgan. 627-yili Chor (Darband), 628-y. esa Tiflis (xoz. Tbilisi) zabt etilgan. 630-y. T. Ya. amakisi Kul Bahodur tomonidan oʻldirilgan.

Ad.: Gumilyov L. N., Drevniye tyurki, M., 1967; Istoriya Vostoka, t. 2, M., 1995.


Lotin alifbosida maqola: TUN YABGʻU haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TURK XOQONLIGI
XITOY
POKISTON
TOSHKENT
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты